FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
5 Oktyabr 2021 4229

MOQ rahbari O‘zbekiston professional boks federatsiyasi raisi bilan uchrashdi

Rustam Shoabdurahmonov yurtimizda sport ommaviyligini yanada oshirish yuzasidan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi raisi Isroil Yunusov bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda mavzuning bir qator muhim masalalari muhokama qilib olindi.

Sir emaski, yurtimizda boksga qiziqadigan yoshlarimiz soni tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, havaskordan so‘ng professional boksga qadam qo‘yayotgan yoshlarimiz safi ham kengaymoqda. O‘z navbatida, ular ham katta janglarda g‘alabalari bilan xalqimiz ishonchini oqlab borishyapti. Suhbatda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, motivatsiya berish hamda poytaxtimizda professional boks kechalarini ko‘proq tashkil qilish kabi masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Samimiy kechgan suhbat yakunida Rustam Shoabdurahmonov Professional boks federatsiyasiga Milliy Olimpiya qo‘mitasining esdalik sovg‘asini topshirdi.

Text to speech