FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
5 Oktyabr 2021 3284

Konkurchilarimiz Millatlar kubogining final bosqichida ishtirok etishdi

Joriy yil ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha jamoamiz saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Millatlar kubogining final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgani haqida ma’lum qilgan edik.

1-3 oktyabr kunlari Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan final musobaqasida Belgiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Kanada, Braziliya, O‘zbekiston, Niderlandiya, Shvetsiya, AQSh, Norvegiya, Shveysariya kabi o‘z mintaqasining eng kuchli jamoalari yig‘ildi. Jamoamiz unda qitamizning yagona vakili sifatida e’tirof etilgani ahamiyatli.

Musobaqada vakillarimizdan Bekzod Qurbonov, A’zam Tolibboyev, Umid Komilov va Bahromjon Gaziyev ishtirok etishdi. Sportchilarimiz ushbu turnirda munosib chiqish qilib, oxirigacha kurashishdi va bor imkoniyatlarini ishga solishdi. Afsuski, hamyurtlarimiz bu safar medal qo‘lga kirita olmadi. Shunday bo‘lsa ham biz sportchilarimiz bilan faxrlanamiz. Dunyoni larzaga solgan pandemiya tufayli ko‘plab qiyinchiliklar yuzaga keldi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, jamoamiz bu turnirga yetib keldi va katta tajribaga ega bo‘ldi. G‘oliblik Niderlandiya jamoasiga nasib etdi.

Biz taslim bo‘lmaymiz, sportchilarimiz astoydil harakat qilib, mahoratlarini oshiradilar. Bu oxirgi turnir emas. Umid qilamizki, kelajakda sportchilarimiz yirik xalqaro turnirlarda qatnashib, yaxshi natijalar ko‘rsatadi va yurtimizga shoda-shoda medallarni taqdim etadi.

Text to speech