FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
5 Oktyabr 2021 3637

Saudiyalik dzyudochilar Toshkentda yig‘in o‘tkazishadi

Ma’lumki, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi dunyo davlatlari bilan keng hamkorlik rishtalarini yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hamkorlik doirasida turli mamlakat terma jamoalarining xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etib kelinmoqda. Shu kungacha Toshkentda Gruziya, Fransiya, Rossiya, Sloveniya, Tojikiston, Qozog‘iston, Misr kabi o‘ndan ziyod davlatlar dzyudo terma jamoalarining mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘z navbatida O‘zbekiston terma jamoasi dzyudochilari Gruziya, Isroil, Albaniya singari davlatlarda tashkil etilgan mashg‘ulotlarda qatnashishdi.

Bugun tong saharda esa yurtimizga dzyudo bo‘yicha Saudiya Arabistoni terma jamoasi yetib keldi. Ismoil Siddiq boshchiligidagi delegatsiya tarkibidan 20 kishi joy olgan bo‘lib, ularning 15 nafarini dzyudochilar tashkil etadi. Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiy Dani Jorj. Shuningdek, Rania Salvaj murabbiyligidagi ayollar terma jamoasi ham Toshkentda mashg‘ulot o‘tkazadi. Saudiyaliklarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 15 oktyabrga qadar davom etadi.

Text to speech