5 Oktyabr 2021 1734

Olimpiada chempioni Akbar Jo‘rayev samarqandlik yoshlar bilan o‘z mahoratini ulashdi

Tokio-2020 qahramonlaridan biri, og‘ir atletika bo‘yicha -109 kg vazn toifasi chempioni va rekordchisi Akbar Jo‘rayev Samarqand Olimpiya zaxiralari kolleji sportchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida chempion Olimpiada shohsupasi tomon bosib o‘tgan yo‘l, tajribasi va maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi. Samimiy uchrashuv davomida shuningdek, Jo‘rayev samarqandlik sportchilarga master-klass o‘tib berdi.

Olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilari chempion bilan uchrashuvdan ruhlanib, maqsadlari sari harakat uchun qo‘shimcha kuch oldilar desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, Olimpiada chempioni bilan birga mashg‘ulot o‘tkazish har qanday yosh sportchilarning orzusidir.

Text to speech