4 Oktyabr 2021 1730

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ma’lum qilganimizdek, ertaga Saudiya Arabistonining Jidda shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati start oladi. Bugun musobaqadan avval Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbir davomida dekabr oyi Toshkentda o‘tishi kutilayotgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining tashkiliy masalalari ham atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, 4 yilda bir marotaba o‘tadigan xalqaro tashkilot rahbarligi saylovi ham Toshkentda JCh arafasi o‘tkazilishi haqida kelishib olindi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov Saudiya Arabistoni federatsiyasi rahbari Muhammad Al Harbi bilan uchrashib, har ikki mamlakat federatsiyalari o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha suhbatlashdi. Iliq va samimiy o‘tgan uchrashuv yakunida Shahrullo Mahmudov Muhammad Al Harbiga O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining esdalik sovg‘asini taqdim qildi.

Text to speech