FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 Oktyabr 2021 4362

Ulug‘bek Rashitov bu gal buxorolik yoshlarga motivatsiya berdi

Taekvondo WT bo‘yicha Tokio Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitovning Respublikamiz bo‘ylab yosh sportchilar bilan o‘tkazayotgan uchrashuvlari davom etmoqda. Bu gal sportchimiz buxorolik yoshlar bilan uchrashdi.

Buxoro tumani BO‘SMda o‘tgan uchrashuvda viloyat Turizm va sport boshqarmasi boshlig‘i Botirjon Shaxriyorov, MOQ vakili Husenali Husenov, O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi Buxoro viloyati vakillari va 500 nafarga yaqin yosh sportchilar jam bo‘lishdi. Ushbu tadbirda dastavval sportchimizning faoliyatiga doir savol javoblar, qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, Ulug‘bek Rashitov buxorolik yoshlarga muhorat saboqlarini ko‘rsatib berdi.

Shubhasiz, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bilan o‘tkazilgan bunday mashg‘ulot buxorolik yosh taekvondochilarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi va u kabi chempion bo‘lishlari uchun motivatsiya bo‘ldi.

Text to speech