3 Oktyabr 2021 2093

Tohir Gulyamov va Rasuljon Abdurahimovni tabriklaymiz!

Bugun o‘zbek sportining ikki yorqin vakillari sport kurashlari bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam Tohir Gulyamov hamda gimnastikachimiz Rasuljon Abdurahimov tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda.

Tohir Gulyamov 1961-yil 3-oktyabr kuni tug‘ilgan. Sport kurashlari bo‘yicha Olimpiya darajasidagi hakam Toxir Gulyamov faoliyati davomida Pekin, Rio, Tokio Olimpiadalarida, 23 ta jahon chempionati va 22 ta Osiyo chempionatida, 6 bor Osiyo o‘yinlarida ishlagan. 2014-yilgi jahon chempionatida eng yaxshi referiga atalgan “Oltin hushtak” sohibi. Tohir Gulyamov “Milliy sport mukofoti-2019” tanlovida “Yilning eng yaxshi hakami” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.

Abdurahimov Rasuljon Shuhrat o‘g‘li 1996-yil 3-oktyabr kuni Farg‘ona shahrida tavallud topgan. Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji tarbiyalanuvchisi. 2009-yildan sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. 2019(yil oktyabr oyida Germaniyaning Shtutgart shahrida o‘tgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtiroki bilan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olib, unda yurtimiz sharafini himoya qilib keldi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi har ikki vakilimizni tavallud ayyomi bilan tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech