FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2 Oktyabr 2021 3246

Tokio sarhisobi va yangi strategiya Toshkent viloyati kesimida

MOQ hamda Turizm va sport vazirligining Tokio-2020 Olimpiadasi yakunlari, Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejasi bo‘yicha tashkil etayotgan yig‘ilishlari davom etadi. Bu galgi suhbat Toshkent viloyati bo‘yicha o‘tkazildi.

Yig‘ilishda MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i D.Babajanov va bir qator mutasaddilar qatnashdi.

Suhbat davomida dastavval ushbu hududdan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan sportchilar soni, ularning musobaqadagi ishtiroki tahlil qilindi. Olimpiada chempionlari Akbar Jo‘rayev va Bahodir Jalolov Chirchiq maktabi tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi. Qayd etish joiz, ushbu hududda joylashgan kollej va O‘zDJTSU terma jamoalarimizdagi sportchilarning asosiy qismini yetishtirib beruvchi dargohlardir.

Yig‘ilish davomida viloyatda mavjud imkoniyatdan maksimal darajada foydalangan holda, Tokio-2020 siklida yo‘l qo‘yilgan kamchilikdan tegishli xulosa chiqarib bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish, sportchilarimizning ijtimoiy ahvolidan muntazam xabar olib turish xususida fikrlar bildirildi.

Text to speech