2 Oktyabr 2021 2092

Bir guruh mutasaddilar Rufat Risqiyevning xonadonida mehmon bo‘lishdi

Bugun afsonaviy bokschimiz Rufat Risqiyev 72 yoshni qarshi olmoqda. Ushbu sana munosabati bilan MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Bahodir Maxsitov boshchiligidagi bir guruh faxriylar, O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari “Toshkent yo‘lbarsi”ni ko‘rgani borishdi.

Mehmonlar o‘zlarining iliq tilaklari va samimiy suhbatlari bilan Rufat Asadovichning kayfiyatini yanada ko‘tarishdi. Darhaqiqat, har yili ushbu kun Rufat akaning xonadonidan tashrif buyuruvchilarning qadami uzilmaydi. Boisi 1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni, ertasiga esa u kishining tavallud ayyomi bilan qutlash uchun ko‘pchilik tashrif buyuradi. Bu yil ham o‘zbek boksining tirik afsonasini yo‘qlash uchun keladiganlarning keti uzilmayapti.

Bir piyola choy ustida kechgan suhbatda o‘z vaqtida “Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan mashhur bo‘lgan boks afsonasining erishgan olamshumul g‘alabalari shirin xotiralar bilan yodga olindi. Shuningdek, Rufat Risqiyev hozirda hukumatimiz tomonidan yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotgani aytib, faxriylarimizga ko‘rsatilayotgan e’tibordan mamnun ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Text to speech