Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatiga jo‘nab ketishdi
Italiyaning Sardiniya oroli Olbiya shahri 6-10 oktyabr kunlari Xalqaro dzyudo federatsiyasi taqvim rejasidan o‘rin olgan nufuzli musobaqa – yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bugun erta tongda jamoamiz Italiyaga jo‘nab ketdi.
Dunyoning 5 qit’asi, 74 davlatidan jami 508 (296 erkak, 212 ayol) nafar 21 yoshgacha dzyudochilar qatnashadigan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Olbiya tatamilarida jahon chempionati medallari uchun 17 nafar dzyudochimiz bahs olib boradi.
Yigitlar:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: Azizbek Ortiqov, Abdulbosit Abdusalimov
-73 kg: Jayhunbek Nazarov
-81 kg: Nurbek Murtazoyev
-90 kg: Dilshodjon Bahodirov
-100 kg: O‘tkirbek To‘raboyev, Suhrob Rajabov
+100 kg: Shohruh Mamarasulov
Qizlar:
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Yuliana Maxsetbayeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-63 kg: Farangiz Rejepova, Mamlakat Sultonova, Farangiz Hojiyeva
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+78 kg: Fotima Kurambayeva
Murabbiylar – Ulug‘bek Azizov, Muhammad Yusuf Haydarov, Mo‘min Nabiyev, Muqaddas Kubeyeva
Shifokorlar – Aziz Qayumov, Nelli Stromm