1 Oktyabr 2021 1431

Oksana Chusovitinani yana musobaqalarda ko‘ramizmi?

So‘nggi soatlarda afsonaviy Oksana Chusovitina katta sportga qaytayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. Biz sportchimiz bilan bog‘lanib, buning haqiqatga qanchalik yaqinligini o‘rganishga harakat qildik.

Darhaqiqat, Chusovitina yana mashg‘ulotlarga qaytganini ma’lum qildi. U faqatgina 2022 yil Xanchjouda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishni rejalashtirayotganini ta’kidladi. Bunga sabab qilib faoliyatini nufuzli musobaqaning medali bilan tugatmoqchiligini keltirib o‘tdi. Quyidagi video orqali uning bu boradagi fikrlari bilan batafsil tanishish mumkin:

Text to speech