FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
30 Sentyabr 2021 2557

Buxorolik sport faxriylariga bayram arafasida ehtirom ko‘rsatildi

O‘zbekiston sport faxriylari kengashi tomonidan Respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab sport fidoyilariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar davom etadi. Bu gal buxorolik mehnatkashlar munosib taqdirlanishdi.

Tadbirda G‘ijduvon tumani hokimi Sherzod Ashurov, O‘zbekiston sport faxriylari kengashining Buxoro viloyati bo‘limiga rahbarlik qilayotgan Bolta G‘afurov va bir guruh faxriylar ishtirok etishdi. So‘z o‘rnida mutasaddilar davlatimiz tomonidan nuroniylarimizga ko‘rsatilayotgan ehtirom va e’tibor haqida gapirib, ularni yaqinlashib kelayotgan 1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni bilan qutlab o‘tishdi. Tadbirda buxorolik 14 nafar fidoyiga O‘zbekiston sport faxriysi ko‘krak nishonlari topshirildi.

O‘zbekiston sport faxriylari kengashining xayrli tadbirlari davom etadi. Rejaga ko‘ra, kelasi oy farg‘onalik faxriylar bilan ushbu tadbirning davomi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Text to speech