FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
29 Sentyabr 2021 3412

Rossiya Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Toshkentga keldi

Bugun Rossiya Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Stanislav Pozdnyakov poytaxtimizga tashrif buyurdi. Mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va Qo‘mita Bosh kotibi Oybek Kasimov kutib olishdi.

ROQ rahbariga tashrifi davomida Novosibirsk Olimpiya kengashi raisi Igor Korotnev hamrohlik qilmoqda. Mehmonlar kun davomida MOQda ham bo‘lib, o‘zbek sportining shonli tarixi haqida qimmatli ma’lumotlar olishdi. Tomonlar o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda har ikki mamlakat sportini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, terma jamoalar o‘rtasida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini ko‘paytirish, tomonlar o‘rtasida tuzilgan memorandumga muvofiq, tibbiyot, ilm-fan yo‘nalishlaridagi yutuqlarni baham ko‘rish kabi masalalar muhokama qilindi.

Martabali mehmonga tashrif davomida yurtimizda olib borilayotgan bir qator bunyodkorlik ishlari tanishtirildi. Jumladan, rossiyalik mehmonlar “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, uning atrofida “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlari uchun ajratilgan Olimpiya shaharchasi loyihasi, “Tashkent City” majmuasi va boshqa bir qator ob’ektlarda bo‘lib, Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot olishdi.

Text to speech