FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
29 Sentyabr 2021 3460

Prezident Qarori – Osiyo va Parij Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun dasturil amal

Tokio-2020 yakunlari, Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik mavzusiga bag‘ishlangan yig‘ilishlar davom etadi. Bugun O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasining taqdimoti tinglandi.

Tadbirda MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Avaz Karimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Kozim O‘rinboyxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi mutasaddilari, Sportning qishki va murakkab turlari bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi vakillari qatnashdilar.

Dastavval velosportchilarimizning Tokio-2020 Olimpiadasidagi ishtiroki, tayyorgarlik davri, sport ommaviyligi muhokama qilindi. Qayd etish joiz, 2019 yil Toshkentda o‘tgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionati ushbu sport ommaviyligi yo‘lida katta turtki bo‘ldi. U orqali delegatsiyamiz Olimpiya o‘yinlariga 2 ta litsenziya olish barobarida, qator medallarni ham qo‘lga kiritdi.

Ommaviylikning ortishi va boshqa yutuqlar qatori mavjud muammolar ham muhokama markazida bo‘ldi. Unda ba’zi viloyatlarda bo‘limlarning ochilmagani, ayrimlarida moddiy texnik baza talab darajasida emasligi ta’kidlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Qayd etish joiz, kuni kecha ushbu sport turini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori e’lon qilindi. Ushbu hujjatda mamlakatimizda velosiped sport turini ommalashtirish, uning rivojini yangi bosqichga olib chiqish, professional klublar tashkil etish, yurtimizda ko‘plab xalqaro turnirlar o‘tkazish va boshqa ko‘plab kerakli yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tilgan. Bugungi taqdimotda ham federatsiya mutasaddilari Xanchjou va Parij musobaqalariga tayyorlanishda ushbu Qarorda ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalish bilan ish olib borilishini alohida ta’kidladilar.

Text to speech