FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
29 Sentyabr 2021 3729

Figurali uchishda Rossiya maktabi bilan hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi raisi Iskander Shadiyev xizmat safari bilan Moskva shahrida bo‘lib turibdi. Safar davomida I.Shadiyev va assotsiatsiya bosh kotibi Sherzod Asatullayev Rossiya konkida figurali uchish federatsiyasi bosh direktori Aleksandr Kogan bilan uchrashib, bir qator istiqbolli masalalarni muhokama qildi.

Suhbat davomida har ikki mutasaddi mamlakatlarimizning do‘stona aloqalarini sport sohasida davom ettirishdan mamnun ekanliklarini ta’kidladi. Shuningdek, figurali uchish sportini yurtimizda yanada rivojlantirish bo‘yicha qator masalalar muhokama etildi.

Sir emaski, figurali uchish sportida Rossiya maktabi jahonning eng yetakchilari qatoriga kiradi. Oldinda turgan qishki Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, shuningdek, boshqa nufuzli musobaqalarga sportchilarimizni puxta tayyorlashda, yurtimizda ushbu sport ommaviyligini oshirishda Rossiya metodikasidan foydalanish masalalari muhokama markazida bo‘ldi. Uchrashuv yakunida Iskander Shadeiv samimiy qabul uchun Aleksandr Koganga minnatdorchilik izhor qilib, esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Text to speech