29 Sentyabr 2021 1803

Azizjon Kamilov Buxoroda murabbiylar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov Buxoroga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad viloyatda dzyudo sportini rivojlantirish va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha viloyatidagi murabbiylar va sport maktablarining direktorlari bilan qator rejalarni muhokama qilishdir.

Mazkur uchrashuvda mutasaddilar viloyatda dzyudo sport turini yanada ommalashtirish, yoshlarning unga bo‘lgan qiziqishini oshirib ulardan jahon chempionlarini tarbiyalash hamda bu boradagi mavjud bo‘lgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikrlar almashishdi.

Uchrashuv davomida barcha qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va ularning takliflari tinglandi.

Text to speech