27 Sentyabr 2021 2683

Oybek Norinboyevni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi raisi Oybek Norinboyev tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Norinboyev Oybek Qobiljonovich 1979-yil dunyoga kelgan. 2000-yil Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini, 2010 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. Bir necha yil turli davlat sektorlari rahbarligida samarali mehnat qilgan Oybek Qobiljonovich 2019-yildan O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasini, joriy yilning aprel oyidan esa O‘zbekiston Geografiya jamiyatini boshqarib kelmoqda.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Oybek Norinboyevni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech