26 Sentyabr 2021 1891

Qilichbozlik bo‘yicha Toshkent mezbonlik qilgan musobaqani 4 ta medal bilan yakunladik

Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha “Satellite” xalqaro turniri o‘z yakuniga yetdi. Bugun rapira qurolida o‘tgan musobaqada ayollar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi.

Quvonarlisi, bugun ham terma jamoamiz vakillari 2 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Hamyurtlarimizdan Umida Ilyasova hamda Madinabonu Parpiyeva shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldilar. Qiziqarli kechgan bahslarda g‘oliblik italiyalik Marta Kammilettiga nasib etdi.

“Satellite” turniri, Toshkent.
Rapira, ayollar:
1. Marta Kammiletti (Italiya)
2. Izabel Esteban (Filippin)
3. Madinabonu Parpiyeva (O‘zbekiston)
3. Umida Ilyasova (O‘zbekiston)

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi taqvim rejasidan o‘rin olgan. Unda yuqori natija qayd etgan sportchilar qimmatli reyting ochkolariga ham ega bo‘lishdi.

Text to speech