26 Sentyabr 2021 1643

Harbiy bokschilarimiz jahon chempionatini 7 ta medal bilan yakunlashdi

18-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida boshlangan harbiy bokschilar o‘rtasida jahon chempionati o‘z poyoniga yetdi. Musobaqada jahonning 36 mamlakatidan 292 nafar bokschi qatnashdi. Ular qatorida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishdi va 7 ta medal qo‘lga kiritdilar. Oltin medal uchun ringga ko‘tarilgan 4 bokschimiz 3 nafari o‘z jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
+91 kg: Lazizbek Mullojonov
-75 kg: Mavluda Mavlonova

Kumush:
-64 kg: Mujibillo Tursunov

Bronza:
-51 kg: Aziza Yoqubova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: Navbahor Hamidova

Text to speech