24 Sentyabr 2021
1961
Sharjada nodir shaxmatchilarimizning derbisi
Ayni kunlarda BAAning Sharja shahrida shaxmat bo‘yicha “Masters” turniri bo‘lib o‘tmoqda. Bugun musobaqaning 8-tur bahslari o‘tkaziladi.
Qur’aga ko‘ra, ayni daqiqalarda shu paytgacha 5 ochkodan jamg‘argan ikki vakilimiz Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev o‘zaro bahs olib borishmoqda. 4,5 ochkoga ega Javohir Sindorov esa rossiyalik David Paravyan bilan bellashmoqda.
Yana bir ahamiyatli tomoni kechagi bellashuvlar davomida futbol bo‘yicha terma jamoamiz va “Sharja” klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov musobaqaga tashrif buyurdi. Futbolchimiz turnirda ishtirok etayotgan shaxmatchilarimiz bilan ko‘rishib, ularga omad tilab o‘tdi.