24 Sentyabr 2021 2061

O‘zbekiston va Pokiston kriket federatsiyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzoladi

O‘zbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliyev Pokiston Islom Respublikasining Lahor shahriga xizmat safari uyushtirib, Pokiston kriket kengashi mutasaddilari bilan uchrashdi.

O‘zaro muloqotda O‘zbekiston kriket federatsiyasi va Pokiston kriket kengashi o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, har ikki terma jamoa o‘rtasidagi o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish borasida ham kelishuvga erishildi hamda Aziz Mixliyev va Pokiston kriket kengashi raisi Ramiz Roja o‘rtasida mamlakatimizda kriketni rivojlantirish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Ushbu memorandumga muvofiq, endilikda Pokiston kriket kengashi tomonidan kriket bo‘yicha o‘quv-ta’lim ishlari amalga oshiriladi. Bunda asosan murabbiylar va kriketchilarimizning mahoratlarini oshirishga e’tibor qaratiladi.

Pokiston kriket kengashi tomonidan maxsus dasturga muvofiq, mutaxassislar yuboriladi va ular tomonidan bosqichma-bosqich hakamlik va murabbiylik kurslari, turli darajadagi amaliy va nazariy o‘quv-yig‘inlari o‘tkaziladi. Bundan tashqari Pokistonning Lahor shahridagi kriket bo‘yicha milliy mahorat markazida turli yoshdagi jamoalarimiz uchun o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

Text to speech