23 Sentyabr 2021 1756

Gandbolchi qizlarimiz Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi

Iordaniyada oʻtkazilayotgan gandbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatidan xushxabar.

Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionati yoʻllanmasi uchun oʻtkazilayotgan bosqichda mezbon Iordaniyani magʻlub etib, mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy kechgan bellashuvda qizlarimiz 34:26 hisobida gʻalabaga erishdilar.

Taʼkidlash joiz, bu gʻalaba jamoamizning kuchli oltilikka kirishini taʼminladi. Reglamentga koʻra, qitʼa birinchiligida 1-6-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jamoalar shu yil Ispaniyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.

Bu bilan Oʻzbekiston ayollar gandbol jamoasi oʻz tarixida ikkinchi bor mundialda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu natija bilan Oʻzbekiston gandbol federatsiyasi va terma jamoamizni tabriklaydi!

Text to speech