23 Sentyabr 2021 2077

Farruh Nosirovni tabriklaymiz!

Bugun Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Farruh Nosirov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Farruh Nosirov 1976-yil dunyoga kelgan. Sportchilik faoliyatida oʻzi ham triatlon bilan shugʻullangan. Keyinchalik tadbirkorlik faoliyatini boshlagan Farruh Bahromovich 2019-yil 3-may kunidan boshlab Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi rahbariyatida faoliyat olib bormoqda va ushbu sport rivoji yoʻlida mehnat qilmoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Farruh Nosirovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech