22 Sentyabr 2021 1327

Jahon chempionatidan bir qadam ajratib turibdi

Iordaniyada davom etayotgan gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Ayni paytga kelib, guruh bosqichi yakunlandi va asosiy o‘rinlar uchun kurash boshlandi.

Guruh bosqichida to‘rtinchi o‘rinni egallagan jamoamiz 5-8-o‘rinlar uchun kurashadigan bosqichda qatnashmoqda. Ta’kidlash joiz, bu galgi qit’a birinchiligida 1-6-o‘rinlarni egallagan jamoalar jahon chempionatida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Jamoamiz 5-o‘rin uchun kechadigan bahsda mezbonlarga qarshi maydonga chiqadigan bo‘ldi. Ushbu bellashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, g‘olib JCh yo‘llanmasiga ega bo‘lishini inobatga olsak, bu o‘yin biz uchun finalga teng deyish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bungacha gandbolchilarimiz 1997 yil ilk bor jahon chempionatida ishtirok etishgan. Ertangi g‘alaba qizlarimizni 24 yillik uzoq kutilgan mundialga olib chiqadi. Bu borada jamoamizga omad tilab qolamiz.

Text to speech