21 Sentyabr 2021 1690

Shahram Ahadov va Niyaz Pulatovni tabriklaymiz!

Bugun oʻzbek sportining ikki yosh vakillari dzyudochi Shahram Ahadov va taekvondochi Niyaz Pulatov tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda.

Shahram Ahadov 1996-yil dunyoga kelgan. Shahram dzyudo olamiga yorqin gʻalabalar bilan kirib keldi. Oʻzining dastlabki xalqaro musobaqasi 2018-yil yanvar oyida Tunisda oʻtgan Gran-pri turniriga toʻgʻri keladi va debyutni oltin medal bilan nishonlaydi. Ahadov faoliyati davomida Tbilisi, Toshkent, Budapesht Gran-prilarida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.

Niyaz Pulatov 1998-yil tugʻilgan. Taekvondo boʻyicha -58 kg vazn toifasida ishtirok etadi. 2017-yil Boku shahrida oʻtgan Islom birdamligi oʻyinlari gʻolibi, shu yil Ashxobodda oʻtgan Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari sovrindori. 2018-yil Osiyo oʻyinlari finalchisi va shu yilning oʻzida Vyetnamda oʻtgan Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2019-yil Napolidagi Butunjahon talabalar Universiadasida kumush, Uxandagi harbiylar oʻyinida esa bronza medali bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi har ikki yosh sportchimizni tavallud kuni bilan tabriklab, ularga uzoq umr, salomatlik, ulkan gʻalaba va muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech