21 Sentyabr 2021 2891

Bahromjon Gaziyevni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Bahromjon Valiyevich Gaziyev 1979-yil Toshkentda tug‘ilgan. Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutida bakalavr hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida magistratura yo‘nalishini tamomlagan. 2004-yildan boshlab turli sohalarda tadbirkorlik faoliyatini yuritmoqda. 2016-yildan beri O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbariyatida, 2018-yil dekabr oyidan O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi hamda 2020-yil oktyabr oyidan O‘zbekiston polo federatsiyasi raisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. Sportimiz taraqqiyotiga qo‘shgan xissasi evaziga davlatimiz tomonidan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bahromjon Valiyevichni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech