20 Sentyabr 2021 1436

Regbi-7 bo‘yicha Osiyo chempionati g‘olibi aniqlandi

Poytaxtimizda regbi-7 bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida qit’a birinchiligi yakunlandi. Musobaqa g‘olibligi BAA jamoasiga nasib etdi.

Jamoamiz yarim finalda BAA qarshi bahs olib bordi. Afsuski, unda mehmonlar 19:10 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda qozog‘istonlik regbichilar hamyurtlarimizdan ustun kelishdi.

Regbi-7 bo‘yicha U-18 Osiyo chempionati

½ finallar:
O‘zbekiston – BAA 10:19
Qozog‘iston – Hindiston 7:24

3-o‘rin uchun:
Qozog‘iston – O‘zbekiston 10:0

Final:
BAA – Hindiston 21:17

Text to speech