19 Sentyabr 2021 2056

Stol tennischilarimiz Qozog‘istondagi xalqaro musobaqada sovrindor bo‘lishdi

Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida stol tennisi bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 30 ming AQSh dollar bo‘lgan “Kazakhstan International Open” xalqaro turnirida g‘oliblar nomi aniqlandi.

Ilk marotaba o‘tayotgan musobaqaning kattalar o‘rtasidagi aralash juftlik bahslari finalida Muhammad O‘ktamboyev va So‘g‘diyona Madaliyeva tandemi finalga chiqdi. Musobaqa finalida stol tennischilarimiz rossiyalik Maksim Kaburkin va Valeriya Kotchurga qarshi bahs olib borishdi. Qiziqarli kechgan bahsda hamyurtlarimiz o‘zlaridan ancha tajribali raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘ydilar va kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu