19 Sentyabr 2021 1645

Velosportchilarimiz jahon chempionatida

Bugun Belgiyaning Flandriya shahrida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha navbatdagi jahon chempionati start oladi. Ahamiyatlisi, unda terma jamoamiz oʻz tarixida ilk bor 16 sportchi bilan ishtirok etadi.

Musobaqaning birinchi kun dasturida erkaklar oʻrtasida alohida startdagi shaxsiy vaqt boʻyicha poyga oʻtkaziladi. Unda terma jamoamiz sharafini tajribali Murodjon Xolmuratov va Akrom Sunnatov himoya qilishadi. Poyga Toshkent vaqti bilan 17:30 da start oladi va unda sportchilar 43,3 km masofani bosib oʻtishadi.

Boʻlajak musobaqada hamyurtlarimizga omad tilaymiz.

Text to speech