19 Sentyabr 2021 1589

Bugun to‘rt nafar bokschimiz harbiylar o‘rtasidagi JChda ishtirok etishadi

Bugun Rossiyaning Moskva shahrida harbiy bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanadi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etayotganliklari haqida xabar qilgandik. Jahon chempionatining birinchi kuni doirasida to‘rt nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi:

-51 kg: Aziza Yoqubova – Minu Gurung (Nepal) (Boshlanish vaqti – 14:00)
-60 kg: Rayhona Qodirova – Badmarag Ganzorig (Mo‘g‘uliston) (14:55dan so‘ng)
-69 kg: Bilol Mirzarahimov – Gul Zaib (Pokiston) (14:40dan so‘ng)
-64 kg: Mujibillo Tursunov – Husayn Jiddi (Eron) (20:30dan so‘ng)

*Boshlanish vaqtlari Toshkent vaqti bilan va taxminan ko‘rsatilgan

Text to speech