21 Sentyabr 2021 1390

Yosh xokkeychimiz Rossiya chempionatida muvaffaqiyatli start oldi

Xokkey boʻyicha 12 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida Rossiya chempionatida qatnashayotgan Salohiddin Azimov “SKA Yunost” jamoasi bilan ilk muvaffaqiyatga erishdi.

Ushbu yosh toifasidagi Rossiya birinchiligining ilk turida yekaterinburglik kichik shayba ustalari “Zaryad” jamoasi bilan oʻynadi va yirik 17:1 hisobida gʻalaba qozondi. Unda maydonga tushgan hamyurtimiz Gordi Xou xet-trigini qaytarishga muvaffaq boʻldi. Yaʼni, Azimov oʻtgan oʻyinda gol+assist+2 daqiqalik jarimani (raqibi bilan mushtlashib, uni magʻlub etgani uchun) oʻz hisobiga yozib qoʻydi.

Text to speech