21 Sentyabr 2021 7199

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayevni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Muxtorxon Tashxodjayev 1983-yil tavallud topgan. Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagach bir muddat mazkur dargohning turli bo‘limlarida faoliyat olib bordi. 2019-yil avgust oyidan beri O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasini boshqarib kelmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, Muxtorxon Maxsudovich raisligida mamlakatimizda Paralimpiya harakati yanada yuksalmoqda deyish mumkin. U kishining boshqaruvi davomida sportchilarimiz Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida delegatsiyamiz 16-o‘rinni egalladi. Yurtimizda imkoniyati cheklangan sportchilarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi xizmatlari va Tokio-2020 Paralimpiadasidagi muvaffaqiyatli ishtirok uchun davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Muxtorxon Tashxodjayevni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech