20 Sentyabr 2021 1905

Chirchiqda og‘ir atletika bo‘yicha mamlakat kubogi qizg‘in davom etmoqda

Ayni kunlarda Chirchiq shahrida og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan sara polvonlar bahs olib borishmoqda.

Turnir murabbiylarimiz uchun terma jamoaga da’vogar bo‘lgan iqtidorli yoshlarni saralab olish imkonini taqdim qilmoqda. Shu kungacha yengil va o‘rta vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi. Ertaga bo‘lib o‘tadigan dasturda Olimpiada va jahon chempioni Ruslan Nurudinov ham ishtirok etishi kutilmoqda. Ayni paytgacha qayd etilgan natijalar:

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi
Ayollar, – 45 kg.
1. Imona Mo‘minova (Andijon) – 121 (56+65) kg.
2. Zuhra Uzakberganova (Qoraqalpog‘iston) – 103 (48+55) kg;
3. Oyista Dadamirzayeva (Andijon) – 99 (45+54) kg.

-64 kg
1. Jo‘rayeva Madinabonu (Farg‘ona) – 176 (80+96) kg;
2. Shahloxon Abdullayeva (Xorazm) – 171 (79+92) kg;
3. Elina Velidova (Toshkent viloyati) – 165 (72+93) kg.

-71 kg.
1. Barchinoy Eshqulova (Buxoro) – 195 (83+112);
2. Mavludaxon Ahadova (Sirdaryo) – 141 (64+77) kg;
3. Shahrizoda Sadullayeva (Navoiy) – 139 (58+81) kg.

-76 kg
1. Sevinchoy Kamilova (Xorazm) – 196 (86+110) kg;
2. Zarinabonu Rustamova (Xorazm) – 165 (76+89) kg;
3. Komila Haydarova (Buxoro) – 153 (70+83) kg.

-81 kg
1. Kamola Karimova (Xorazm) – 177 (75+102) kg;
2. Laylo Xursanova (Namangan) – 176 (82+94) kg;
3. Barchinoy Salayeva (Xorazm) – 150 (68+82) kg.

Erkaklar.
-81 kg
1. Muhammadqodir Toshtemirov (Namangan) – 361 (165+196) kg;
2. Abbos Do‘lanov (Namangan) – 291 (131+160) kg;
3. Bektemir Mardiyev (Samarqand) – 290 (128+162) kg.

-89 kg
1. Hojiakbar Olimov (Samarqand) – 338 (153+185) kg;
2. Alisher Rajapov (Qoraqalpog‘iston) – 311 (141+170) kg;
3. Abror Ma’rufbekov (Namangan) – 298 (138+160) kg.

Text to speech