18 Sentyabr 2021 1559

Futzalchilarimizdan tarixiy gʻalaba

Litvada oʻtkazilayotgan futzal boʻyicha jahon chempionatida terma jamoamiz tarixiy gʻalabaga erishdi. Yigitlarimiz 3-turda misrlik raqiblarini mardonavor magʻlub etib, nimchorak final masalasini hal etishdi.

Murosasiz kurashlarga boy boʻlgan uchrashuvda jamoamiz 2:1 hisobida ustun keldi. Shu tariqa guruhda 3 ochko qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston termasi toʻplar nisbatiga koʻra eng yaxshi natija bilan ikkinchi pogʻonani band etdi va nimchorak final masalasini hal qildi. Endi yigitlarimiz chorak final yoʻllanmasi uchun 24-sentyabr kuni Eron – Argentina oʻrtasidagi bahs magʻlubiga qarshi maydonga tushadi.

Yana bir ahamiyatli tomoni bu futzalchilarimizning jahon chempionatlaridagi ilk gʻalabasi boʻlib tarixga kirmoqda. Uning pley-off bosqisiga yoʻl ochgani esa yanada unutilmas boʻlib qoldi. Jamoamizga keyingi bosqichda ham omad tilab qolamiz.

Text to speech