18 Sentyabr 2021 1826

Regbi-7 bo‘yicha Osiyo chempionatining ilk kuni yakunlandi

Ma’lum qilganimizdek, bugun poytaxtimizda regbi-7 bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi. Reglamentga ko‘ra, bugungi kun doirasida terma jamoamiz 3 o‘yin o‘tkazdi. Ularda Qozog‘iston va Hindiston jamoalariga mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak, BAAdan ustun keldik. Ertaga Qirg‘izistonga qarshi bahs bilan guruh bosqichi yakunlanadi va jamoalarning o‘rniga qarab pley-off bosqichida g‘oliblik uchun kurash davom etadi. Bugungi natijalar:

O‘zbekiston – Qozog‘iston 0:28
Qirg‘iziston – BAA 0:61
Qozog‘iston – Hindiston 12:10
O‘zbekiston – BAA 7:5
Hindiston – Qirg‘iziston 63:0
BAA – Qozog‘iston 12:10
O‘zbekiston – Hindiston – 5:20

Text to speech