18 Sentyabr 2021 2246

Sportchilarimiz jahon arenalarida

Bugun bir qator sport turlarida terma jamoalarimizning jahon arenalarida nufuzli musobaqalardagi ishtiroki davom etadi. Terma jamoamiz vakillari futzal, voleybol, gandbol, stol tennisi, tennis boʻyicha qator musobaqalarda qatnashadi. Ularning ishtiroki haqida:

Voleybol. Erta tongda yigitlarimiz Tailandga qarshi kechgan shiddatli bahsda 3:2 hisobida gʻalaba qozonishdi. Endi jamoamiz 13-oʻrin uchun Quvayt va Gong Kong oʻrtasidagi bahs gʻolibiga qarshi maydonga chiqadi.

Stol tennisi. Qozogʻistonning Qaragʻanda shahrida sovrin jamgʻarmasi 25 000 AQSH dollari boʻlgan musobaqada kuchlilar saralanmoqda. Afsuski, yakkalik dasturida vakillarimiz medallar uchun kurashdan erta chiqib ketishdi.

Erkaklar, juftlik. Yarim final:
Elmurod Xoliqov / Stanislav Tyan – Ali Alxadravi / Abdulaziz Bu Shulaybi (Saudiya Arabistoni)
Kamila Xalikova / Mehriniso Norqulova – Kaushani Nat / Prakti (Hindiston)

Aralash juftlik, yarim final:
Soʻgʻdiyona Madaliyeva / Muhammad Oʻktamboyev – Elmurod Xoliqov / Kamila Xalikova

Gandbol. Osiyo chempionatida qatnashayotgan ayollar terma jamoamiz bugun Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadigan oʻyinda Qozogʻiston jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Osiyo chempionati, 2-tur
21:00. Oʻzbekiston – Qozogʻiston

Futzal. Bugun Litvadagi jahon chempionatida qatnashayotgan yigitlarimiz guruh bosqichida soʻnggi uchrashuvni oʻtkazishadi. Misrga qarshi bahsda jamoamiz gʻalaba qozona olsa, keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.

Jahon chempionati, 3-tur.
20:00. Oʻzbekiston – Misr.

Tennis. Norasmiy jahon chempionati hisoblanmish Devis kubogining jahon saralash bosqichida qatnashayotgan yigitlarimiz kechagi bahslarda imkoniyatni boy berib qoʻyishdi. Agar bugun boʻlib oʻtadigan juftlikda ham norvegiyalik tennischilar ustun kelishsa, ular keyingi bosqichga yoʻl olishadi.

17:00. S.Fayziyev / D.Istomin – V.Durashovich / K.Ruud (Norvegiya)

Text to speech