11 Sentyabr 2021 2216

Tokio-2020 ishtirokchilari O‘zbekiston chempionatida g‘alaba qozonishdi

Chirchiq shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan qilichbozlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi. Mazkur musobaqa orqali terma jamoamiz murabbiylar shtabi oldinda turgan xalqaro turnirlar uchun asosiy tarkibni shakllantirib olishdi.

Musobaqaning oxirgi kun dasturida sablya bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Kutilganidek, unda Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchilari Zaynab Dayibekova hamda Sherzod Mamutov yakkalik bahslarida g‘alaba qozonishdi. Batafsil:

Yakkalik, qizlar:
1. Zaynab Dayibekova (Qoraqalpog‘iston)
2. Guliston Perdebayeva (Qoraqalpog‘iston)
3. Venera Isroilova (Toshkent viloyati)
3. Shahnoza Tog‘aymurodova (Toshkent)

Yakkalik, yigitlar:
1. Sherzod Mamutov (Qoraqalpog‘iston)
2. Fazil Genjebayev (Qoraqalpog‘iston)
3. Bobur Rasulov (Toshkent)
3. Jaloliddin Dushamboyev (Toshkent viloyati)

Text to speech