11 Sentyabr 2021 2219

MOQ Ishlar boshqarmasi boshligʻi Xayriddin Rafikov 70 yoshni qarshi oldi

Bugun MOQ Ishlar boshqarmasi boshligʻi Xayriddin Rafikov qutlugʻ 70 yoshni qarshi olmoqda. Ushbu ayyom Qoʻmita xodimlari orasida iliq qarshi olindi.

Xayriddin Xusniddinovich Rafikov 1951-yil 11-sentyabr kuni Toshkentda tugʻilgan. Bungacha turli yillar «Mikond» zavodi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Xalq nazorat qoʻmitasi, Toshkent shahri va tuman hokimliklarida turli lavozimlarda, Yoshlar ijod saroyi va “Turkiston” sanʼat saroylarida direktor sifatida samarali faoliyat olib borgan. 2019-yildan Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida Ishlar boshqarmasi boshligʻi sifatida ishlab kelmoqda.

Bugungi tadbirda MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va uning oʻrinbosari Sherzod Tashmatov, Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, shuningdek, Qoʻmita xodimlari ishtirok etishdi. MOQ rahbariyati soʻz oʻrnida Xayriddin Xusniddinovichni qutlugʻ yoshi bilan samimiy tabriklab, u kishiga iliq tilaklarni bildirib oʻtdi.

Fursatdan foydalanib, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ham Xayriddin Rafikovni yana bir bor bugungi ayyom bilan muborakbod etib, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech