11 Sentyabr 2021 1380

Merganlarimiz Osiyo chempionatini boshlashmoqda

11-20-sentyabr kunlari Qozogʻistonning Chimkent shahrida oʻq otish sport turi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Unda terma jamoamiz vakillari katta tarkibda ishtirok etishadi.

Mazkur musobaqada 28 nafar merganimiz pnevmatika yoʻnalishida ishtirok etadi. Bu yilgi Osiyo chempionatida qitʼamizning eng sara 300 ga yaqin merganlari gʻoliblik uchun bahs olib borishi kutilmoqda. Boʻlajak bellashuvlarda sportchilarimizga omad tilab qolamiz.

Text to speech