11 Sentyabr 2021
2367
Iskander Shadiyevni tabriklaymiz!
Bugun MOQ raisi maslahatchisi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi raisi Iskander Shadiyev tavallud kunini nishonlamoqda.
Iskander Kasimovich Shadiyev 1979-yil 11-sentyabr kuni dunyoga kelgan. Buyuk Britaniyada biznes boshqaruvi boʻyicha taʼlim olgan. Bir necha yildirki sport sohasida samarali mehnat qilib kelmoqda. 2017-yildan “Paxtakor” futbol klubi bosh direktori maslahatchisi, 2019-yildan Oʻzbekiston MOQ raisi maslahatchisi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi raisi oʻrinbosari, 2021-yil boshidan Oʻzbekiston Qishki sport turlari assotsiatsiyasi raisi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Iskander Shadiyevni tavallud kuni bilan muborakbod etib, u kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.