11 Sentyabr 2021 1668

Rishod Sobirovni tabriklaymiz!

Bugun oʻzbek va jahon dzyudosining yorqin vakillaridan biri Rishod Sobirov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Rishod Sobirov 1986-yil 11-sentyabr kuni Buxoroda tugʻilgan. Dzyudo boʻyicha Pekin-2008, London-2012 va Rio-2016 Olimpiya oʻyinlarining sovrindori. 2010-yil Tokio va 2011-yil Parijda oʻtkazilgan jahon chempionatida -60 kg vazn toifasida jahon chempioni, shuningdek, 2015-yil Astana (Nur-Sultan)da oʻtgan dunyo birinchiligining bronza medali sohibi. 2011-yil jahonning eng yaxshi dzyudochisi nomini qoʻlga kiritgan. Rishod Sobirovning mana shunday muvaffaqiyatlari davlatimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari, “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Rishod Sobirovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech