10 Sentyabr 2021 1568

Prezident Tokio-2020 qahramonlarini davlat mukofotlari bilan taqdirladi

Tokio shahrida boʻlib oʻtgan XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqimiz oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish borasidagi alohida xizmatlari, koʻplab nufuzli xalqaro musobaqalarda ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritayotgani, xususan, Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida jasorat va matonat namunasini koʻrsatib, yuksak natijalarga erishgani, terma jamoamiz safida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Vatanimizning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirishga salmoqli hissa qoʻshgani hamda yosh avlodni milliy gʻurur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yoʻlidagi samarali va ibratli faoliyati uchun:
1. Quyidagilar mukofotlansin:

“Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan

Burxanova Safiya Kaimovna – Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Quranbayev Uchqun Umirbekovich – Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Naimova Guljonoy Abdullo qizi – Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Omonov Bobirjon Zoirjon oʻgʻli – Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Sayidov Feruz Beshimovich – Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Xamdamova Moxigul Kabayor qizi – Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”
faxriy unvoni bilan

Karomatov Davurxon Fozil oʻgʻli – Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Kayumova Nozimaxon Nomonjonovna – Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Kuziyeva Roʻza Rashidovna – Pauerlifting boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Qurbanova Nurxon Gʻulomjon qizi – Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Mirzayorova Asila Ubaydulla qizi – Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Norbekov Xusniddin Kilichboyevich – Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Samandarova Parvina Asad qizi – Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi”
faxriy unvoni bilan

Ibragimova Alfiya Gilasdinovna – Urganch olimpiya zaxiralari kolleji dzyudo boʻyicha murabbiysi

Kamulya Grigoriy Georgiyevich – Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi

Qoʻziyev Bobur Sobirovich – Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi bosh murabbiysi

Normatov Azizjon Muratovich – Yengil atletika boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiysi

Sayidov Shamsiddin Beshimovich – Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi

Tashxodjayev Muxtorxon Maxsudovich – Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi

Xaydarov Mavlonbek Muxtorovich – Andijon viloyati Sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi yengil atletika boʻyicha murabbiysi

“Mardlik” ordeni bilan

Abduxolikov Sardor Abduxolikovich – Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi bosh murabbiysi

Djamalov Adxam Nimatovich – Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi bosh murabbiysi

“Doʻstlik” ordeni bilan

Agzamov Bilol Xilalovich – Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi ilmiy-metodik taʼminlash va innovatsion rivojlantirish boʻlimi boshligʻi

Azizov Abdukaxxor Abduxapisovich – Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Toshkent shahar mintaqaviy boʻlimi bosh kotibi

Babayan Arsen Karenovich – Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi

Lutfulloh Xoji oʻgʻli Saʼdullaxon – Suzish boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi bosh murabbiysi

Momindjanov Sharipdjan Fuzailovich – Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

Umirzoqov Fazliddin Abdulboqiyevich – Pauerlifting boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi bosh murabbiysi

Xorlin Sergey Fedorovich – Suzish boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi

Xudayberganov Sardor Kamilovich – Xorazm viloyati Shovot tumani bolalar va oʻsmirlar sport maktabi yengil atletika boʻyicha murabbiysi

Yakubov Yaxyobek Sobitaliyevich – Fargʻona olimpiya zaxiralari kolleji yengil atletika boʻyicha murabbiysi

“Jasorat” medali bilan

Aslanov Islam Daminovich – Suzish boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Sultonov Elbek Ulash oʻgʻli – Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Xalilov Sharif Urinovich – Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Sheripboyeva Nafisa Umirbek qizi – Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Toshpulatova Shoxsanamxon Dilshodbek qizi – Suzish boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

“Shuhrat” medali bilan

Amilov Ravshanbek Kabildjanovich – Suzish boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiysi

Axmatxonova Dilafruzxon Vokkosxonovna – Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Axmedov Farrux Xurshidovich – Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi maʼnaviy-maʼrifiy va ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish boʻlimi boshligʻi

Gʻiyazov Temurbek Maxamadjon oʻgʻli – Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Isaqova Ziyodaxon Abdugʻaffor qizi – Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Ismoilov Shoxboz Islomovich – Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamkor tashkilotlar va sport federatsiyalari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi

Kasimov Xasan Sadullayevich – Buxoro shahri 2-ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi murabbiysi

Masharipov Shavkat Qoʻziboyevich – Xorazm viloyati Bogʻot tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati murabbiysi

Mirzayeva Shaxnoza Shokir qizi – Kanoe boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Muradova Malikaxon Karimberdiyevna – Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi boshligʻi

Niyazov Abror Abdulazizovich – Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bosh hisobchisi

Odilov Yorqinbek Olimbek oʻgʻli – Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Retunskiy Andrey Vitalyevich – Toshkent shahri Sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi yengil atletika boʻyicha murabbiysi

Rixsimov Muxammad Shokirovich – Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Turgʻunov Izzat Abdurashid oʻgʻli – Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Tursunov Nodirjon Botirovich – Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi shifokori

Umirzaqov Farxod Sherali oʻgʻli oʻgʻli – Pauerlifting boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

Sherquziyev Xaytmurot Baxtiyor oʻgʻli – Kanoe boʻyicha Oʻzbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi

2. Vazirlar Mahkamasi Paralimpiya oʻyinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda ilovaga muvofiq pul mukofoti berilishini taʼminlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

Text to speech