10 Sentyabr 2021 1834

Chirchiqda yosh qilichbozlarimiz bellashishmoqda

Chirchiq shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan qilichbozlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati davom etmoqda.

Ortda qolgan kun mobaynida rapira yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Unga ko‘ra, qizlar o‘rtasida samarqandlik Umida Ilyosova, yigitlar o‘rtasida esa andijonlik Ahmadilloxon Solihojiyev g‘alaba qozonishdi. Batafasil:

Yakkalik, qizlar:
1. Umida Ilyosova (Samarqand)
2. Marjona Usmanova (Andijon)
3. Kamila Mirzayeva (Toshkent)
3. Madinabonu Parpiyeva (Toshkent)

Yakkalik, yigitlar:
1. Ahmadilloxon Solihojiyev (Andijon)
2. Anvarxon Solihojiyev (Andijon)
3. Muslimbek Mirzaalimov (Andijon)
3. Muhammadyusuf Asranov (Andijon)

Jamoaviy, qizlar:
1. Toshkent
2. Andijon
3. Farg‘ona

Jamoaviy, yigitlar:
1. Andijon
2. Toshkent
3. Farg‘ona

Text to speech