10 Sentyabr 2021 1743

Xanchjou-2022 tashkiliy qoʻmitasi Milliy Olimpiya qoʻmitalari bilan onlayn yigʻilish oʻtkazdi

8-9-sentyabr kunlari Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarining bir qator tashkiliy masalalari yuzasidan onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Osiyo Olimpiya kengashi va musobaqa tashkiliy qoʻmitasi rahbariyati, Osiyo-Okeaniya Milliy Olimpiya qoʻmitalarining vakillari qatnashishdi.

Onlayn seminarni Osiyo Olimpiya Kengashi Bosh direktori Husseyn Al Musallam ochib berdi. Shundan soʻng Osiyo Olimpiya Kengashi Osiyo oʻyinlari departamenti direktori, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti Xaydar Farmon, qolaversa, Xanchjou-2022 Tashkiliy qoʻmitasi mutasaddilari ham soʻz olib, musobaqaning tashkiliy ishlari bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilib olishdi. Tadbirda Oʻzbekiston MOQ nomidan Xalqaro aloqalar departamenti bosh mutaxassisi Nozim Atakulov qatnashdi.

Unda XIX Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qiluvch sport obyektlarining tayyorgarlik holati, sinov turnirlarini oʻtkazish, arenalar boʻylab yoʻlga qoʻyilgan transport tizimi, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda koʻriladigan nazorat haqida atroflicha fikrlar bildirildi. Seminar taqdimot tarzida oʻtib, yakunda mavzular yuzasidan savol-javoblar boʻldi.

Seminarni Husseyn Al Musallamning oʻzi yopib berdi va ishtirokchi davlatlarga tayyorgarlik boʻyicha omad tilab qoldi.

Text to speech