10 Sentyabr 2021 1860

Oʻzbekiston delegatsiyasi “Rossiya – sport mamlakati” xalqaro forumida ishtirok etdi

Qozon shahrida oʻtkazilayotgan birinchi MDH oʻyinlari doirasidagi rasmiy tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov delegatsiyamiz nomidan qatnashmoqda.

Jumladan, musobaqa doirasida “Rossiya – sport mamlakati” nomli xalqaro forum oʻtkazildi. Unda MDH oʻyinlarida ishtirok etayotgan davlatlarning sport sohasidagi rasmiy vakillari ham qatnashishdi. Mazkur tadbirlarda mamlakatimiz nomidan Aziz Abduhakimov va Oybek Kasimov ishtirok etishdi.

Tadbir davomida mutasaddilar Belarus MOQ prezidenti Viktor Lukashenko, Turizm va sport vaziri Sergey Kovalchuk hamda boshqa bir qator delegatsiya vakillari bilan uchrashib, qator rejalarni muhokama qilishdi.

Xalqaro forum ikki kun davom etadi. Unda sport sohasida erishilgan yutuqlar, qoʻllanilayotgan soʻnggi metodika va innovatsion gʻoyalar, shuningdek, bir qator yoʻnalishlardagi oxirgi yangiliklar haqida seminar va treninglar oʻtkazildi. Shuningdek, tashrif davomida delegatsiyamiz mutasaddilari Rossiya Federatsiyasi sport vaziri Oleg Matitsin va boshqa bir qator rasmiylar bilan uchrashishdi.

Text to speech