10 Sentyabr 2021 1786

MDH o‘yinlaridagi medallarimiz 80 taga yetdi

Qozon shahrida o‘tkazilayotgan birinchi MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining qo‘lga kiritgan medallari soni 80 taga yetdi. Ortda qolgan kunda yosh sportchilarimiz 13 ta medalga sazovor bo‘lishdi.

Medallarimiz o‘q otish sporti va dzyudoga to‘g‘ri keladi. Yosh mergan qizimiz Dilafro‘z Qobiljonova o‘z toifasida kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, dzyudochilarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medallarini jamoamiz hisobiga keltirishdi. Batafsil:

Oltin medal:
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov

Kumush medal:
-63 kg: Farangiz Hojiyeva
-81 kg: Nurbek Murtazoyev

Bronza medal:
-66 kg: Dilshodbek Yo‘ldoshev
-100 kg: Suhrob Rajabov
-63 kg: Farangiz Rejepova
-70 kg: Farangiz Xolmurodova
-78 kg: Irisxon Qurbonova
+78 kg: Fotima Quramboyeva

Bugungi medallar bilan hisoblaganda delegatsiyamiz 21 ta oltin, 29 ta kumush va 30 ta bronza, jami 80 ta medalga egalik qilmoqda.

Text to speech