8 Sentyabr 2021 2022

Qilichbozlik bo‘yicha mamlakat chempionatiga start berildi

Bugun Chirchiq shahrida qilichbozlik bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida mamlakat chempionati boshlandi. Unda Respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan yosh qilichbozlik raqobatlashishmoqda.

Reglamentga ko‘ra, musobaqaning dastlabki kunida shpaga ustalari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Dastavval yakkalik, so‘ng jamoaviy dasturda chempionlar aniqlandi. Unga ko‘ra, qizlar o‘rtasida qoraqalpog‘istonlik Dilnaz Murzatayeva, yigitlar o‘rtasida esa toshkentlik Fayzulla Alimov g‘alaba qozonishdi. Batafasil:

Yakkalik, qizlar:
1. Dilnaz Murzatayeva (Qoraqalpog‘iston)
2. Sevara Rahimova (Toshkent)
3. Shahzoda Egamberdiyeva (Toshkent)
3. Bibimaryam Saparova (Qoraqalpog‘iston)

Yakkalik, yigitlar:
1. Fayzulla Alimov (Toshkent)
2. Muhammadyusuf Sididqov (Toshkent)
3. Kamoliddin Axtamov (Navoiy)
3. Meyrxan Timurov (Navoiy)

Jamoaviy, qizlar:
1. Toshkent
2. Qoraqalpog‘iston
3. Navoiy

Jamoaviy, yigitlar:
1. Andijon
2. Navoiy
3. ROZK

Text to speech