7 Sentyabr 2021 1490

MDH o‘yinlari: Delegatsiyamiz umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni saqlab turibdi

O‘zbekiston delegatsiyasining Qozon shahrida (Rossiya) o‘tkazilayotgan MDH o‘yinlaridagi ishtiroki davom etadi. Bugun navbatdagi kun bahslari o‘z yakuniga yetdi.

Ahamiyatlisi, unda barcha medallarimiz sambo sport turida qo‘lga kiritildi. Terma jamoamiz vakillari mazkur bahslarda 1 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Bugun shohsupaga ko‘tarilgan hamyurtlarimiz bilan tanishing:

Oltin:
-50 kg: Sabina Davlatova

Kumush:
-64 kg: Shaxriyor Mamatqulov
-71 kg: Musoxon Ziyadinov
-79 kg: Xudoyor Ibroyimov
+98kg: Ruslan Rastamov
-54 kg: Shoxida Xonto‘rayeva
-59 kg: Azada Aymuratova
+80kg: Sevara Shamsiddinova

Bronza:
-98 kg: Murod Erkinov
-65 kg: Shohista Amirova
-72 kg: Begoyim Xayitova
-80 kg: Charos Ozodova

Shuning bilan jamoamiz hisobidagi medallar 16 ta oltin, 25 ta kumush va 18 ta bronzani tashkil etmoqda. Delegatsiyamiz hamon umumjamoa hisobida mezbonlardan so‘ng ikkinchi pog‘onani saqlab turibdi.

Text to speech