7 Sentyabr 2021 1710

Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining mezboni oʻzgardi

Joriy yil Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasining navbatdagi Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Tashkilot ushbu tadbir mezboni oʻzgarganini maʼlum qildi.

Tashkilot Bosh kotibi Gunilla Lindbergning maʼlum qilishicha, Assambleya Gretsiyaning Krit orolida boʻlib oʻtadi. Avvalroq, u 24-25-oktyabr kunlari Koreya Respublikasining Seul shahrida oʻtishi rejalashtirilgan edi. Biroq epidemiologik vaziyat sabab Afinaga koʻchirildi. Endi esa Gretsiya poytaxtidan uzoq boʻlmagan manzil Krit oroli 206 mamlakatdan tashrif buyuradigan MOQ vakillari oʻrtasida oʻtadigan boʻlajak Assambleyaga mezbonlik qilishi aytilmoqda.

Text to speech