Mahoratli konkurchilarimiz Mustaqillik kubogi uchun bellashishdi
Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasi bilan turli sport musobaqalari o‘tkazilayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Ana shunday tadbirlardan biri ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etildi.
“Paxtakor” sport majmuasida o‘tgan tadbirda yurtimizning turli chekkalaridan kelgan chavandozlar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Musobaqa yosh otlarda balandligi 110 sm bo‘lgan to‘siqlar va katta otlarda 120 sm balandliklardan o‘tish bo‘yicha tashkil etildi. Kichik toifada Boburjon Valijonov o‘z g‘alabasini tantana qilgan bo‘lsa, asosiy yo‘nalishda “Kolibri” otida ishtirok etgan Dilmurod Abdurahmonov ustun keldi.
110 sm to‘siqda, bolalar:
1. Boburjon Valijonov (“Kolorado”, ot laqabi)
2. Arina Daminova (“Gudman Ji”)
3. Dilshod Shokirov (“Alonso 43”)
120 sm balandlikdagi to‘siq:
1. Dilmurod Abdurahmanov (“Kolibri”)
2. Mirzohid Musayev (“Abaja Dos Darados”)
3. Jasur Xatambekov (“Laki Star”).